Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekiston 28,2 million dollarlik 3,5 ming tonna kofe import qildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan import hajmi 468,2 tonnaga yoki 15,6 foizga oshgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Hisobot davrida O‘zbekistonga kofe yetkazib bergan asosiy davlat Rossiya bo‘ldi. Undan 2 315,3 tonna kofe import qilingan.
Hindiston O‘zbekistonga 260,2 tonna, Italiya 230,6 tonna, Braziliya 130,3 tonna, Malayziya esa 96,9 tonna kofe yetkazib bergan.
Qolgan 435,1 tonna kofe boshqa davlatlardan import qilingan.