Shoshilinch
O‘zbekiston

Buxoroda shifokor talabadan 500 dollar olayotganda ushlandi

Buxoroda shifokor talabadan 500 dollar olayotganda ushlandi
Buxoroda shifokor talabadan 500 dollar olayotganda ushlandi / Foto: DXX videosidan olingan tasvir.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanidagi oilaviy poliklinika shifokori talabaga akademik taʼtil olish uchun zarur bo‘lgan tibbiy maʼlumotnomani rasmiylashtirishga yordam berish evaziga 500 dollar olayotganda ushlandi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti maʼlumotiga ko‘ra, tibbiyot xodimi hujjatni poliklinikada rahbarlik lavozimlarida ishlaydigan tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni taklif qilgan va buning uchun pul talab qilgan.

Shifokor departament xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan. Olingan pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.