7
O‘zbekiston

Saidov va Rubio O‘zbekiston va AQSHning umumiy tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazmani ko‘zdan kechirdi

Saidov va Rubio O‘zbekiston va AQSHning umumiy tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazmani ko‘zdan kechirdi
Saidov va Rubio O‘zbekiston va AQSHning umumiy tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazmani ko‘zdan kechirdi / Foto: O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va AQSH Davlat kotibi Marko Rubio “C5+1” vazirlar uchrashuvi doirasida tashkil etilgan «O‘zbekiston va AQSH: asrlar va qitʼalar osha mushtarak tarix» ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Ekspozitsiya ikki xalq o‘rtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarga bag‘ishlangan. Namoyish etilgan materiallar orasida Ahmad al-Farg‘oniyning ilmiy merosi, Edgar Allan Po tomonidan Amir Temurga bag‘ishlab yozilgan sheʼrlar to‘plami, shuningdek, amerikalik sayyohlarning O‘zbekiston haqidagi asarlari va boshqa tarixiy dalillar o‘rin olgan.

Ko‘rgazmaning alohida qismi Toshkent va Sietl shaharlari o‘rtasida 1973 yilda o‘rnatilgan birodarlik munosabatlariga bag‘ishlangan. Namoyish etilayotgan materiallar O‘zbekiston va AQSH xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikning tarixiy asoslarini taʼkidlashga qaratilgan.

Tashkilotchilar fikricha, mushtarak tarixiy merosni o‘rganish va ommalashtirish o‘zaro tushunishni mustahkamlashga hamda ilm-fan va madaniyat sohalarida hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qilishi mumkin.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.