7
Iqtisod

O‘zbekiston Rossiya va Belarus bilan savdo aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi

O‘zbekiston Rossiya va Belarus bilan savdo aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi
O‘zbekiston Rossiya va Belarus bilan savdo aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi / Foto: O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida Rossiya va Belarus bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, 2026 yil noyabr–dekabr oylarida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro biznes-forumga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda palata raisining maslahatchisi Alisher Shayxov, Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili o‘rinbosari Igor Kaminin, Rossiya elchixonasi maslahatchisi Diana Aynetdinova hamda Belarus elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Yelena Vasilevskaya ishtirok etdi.

Ishtirokchilar Rossiya hududlari va Belarus ishbilarmon doiralari bilan hamkorlikni kengaytirish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

Tadbirkorlar o‘rtasida B2B formatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes uchrashuvlarini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, forumda ishtirok etadigan kompaniyalarni dastlabki saralash va tadbir yakunlanganidan keyin erishilgan kelishuvlar ijrosini tizimli ravishda kuzatib borish zarurati muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar forumda ishtirok etish uchun delegatsiyalar tarkibini shakllantirish, tashkiliy masalalarni kelishib olish hamda O‘zbekiston, Rossiya va Belarus ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni mustahkamlashni davom ettirishga kelishib oldilar.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.