Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va AQSH “C5+1” formatiga yangi strategik mazmun berishlari, bunda nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga, balki Markaziy Osiyoni yagona mintaqa sifatidagi salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ham eʼtibor qaratishlari lozim. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Samarqandda “C5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvining ochilish marosimida maʼlum qildi.
Tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga ilk tashrif bilan kelgan AQSH Davlat kotibi Marko Rubioni qutlab, uning jamoasi ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash yo‘lida olib borayotgan saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.
Saidov, shuningdek, AQSH prezidenti Donald Trampning Markaziy Osiyoga va mintaqa bilan hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlariga qaratayotgan eʼtiborini taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va AQSH prezidentlari o‘rtasida o‘zaro ishonchga asoslangan muloqot ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochdi.
Uchrashuvni Samarqandda o‘tkazish ramziy ahamiyatga ega. 2015 yilda aynan shu shaharda “C5+1” formatidagi ilk vazirlar uchrashuvi bo‘lib o‘tgan. Shundan beri sheriklik kun tartibi kengaydi, hamkorlik mexanizmlari mustahkamlandi, Markaziy Osiyo mamlakatlari esa yana-da jipslashib, o‘z kelajagini mustaqil belgilash imkoniyatlarini kuchaytirdi.
«Kuchli, barqaror va farovon Markaziy Osiyo barcha davlatlarimiz va xalqaro hamkorlarimiz manfaatlariga javob beradi», — dedi vazir.
Saidov O‘zbekiston “C5+1” kotibiyati hamraisi vazifalarini o‘z zimmasiga olgan holda erishilgan natijalarni rivojlantirish, hamkorlikdagi izchillikni taʼminlash va kelishuvlarni amalda bajarishga erishishni maqsad qilganini maʼlum qildi.
Tashqi ishlar vaziri Samarqandning xalqlar, bozorlar, bilimlar va g‘oyalar yo‘llari asrlar davomida kesishgan tarixiy maskan sifatidagi o‘rnini ham eslatdi. U bugungi uchrashuv Markaziy Osiyo va AQSH o‘rtasidagi aloqalarni yana-da mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘lishiga ishonch bildirdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning taʼkidlashicha, Markaziy Osiyo o‘z kelajagini mustaqil belgilash va xalqaro jarayonlarga hissa qo‘shish qobiliyatini mustahkamlagan holda yana-da kuchli va jipslashgan mintaqaga aylanmoqda.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, kuchli, barqaror va farovon Markaziy Osiyo mintaqadagi barcha davlatlar hamda ularning xalqaro hamkorlari manfaatlariga mos keladi.
Saidov hamkorlikning keyingi bosqichida yangi imkoniyatlarga ega integratsiyalashgan mintaqa sifatida Markaziy Osiyo salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish muhimligini taʼkidladi.
U ustuvor yo‘nalishlar qatorida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ilg‘or texnologiyalar va investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, jahon bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishni qayd etdi.
«Ustuvor yo‘nalishlarimizdan biri sifatida muhim minerallar sohasidagi strategik sheriklikni rivojlantirishni taklif etamiz. Ushbu hamkorlik geologik qidiruv va mineral xomashyoni qayta ishlashdan tortib, mahalliy sanoat klasterlarini tashkil etishgacha bo‘lgan butun jarayonni qamrab oladi».
Bunday tashabbusni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “C5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvidagi nutqi davomida ilgari surdi.
Vazir Markaziy Osiyoning boy resurslari, o‘sib borayotgan bozorlari, inson kapitali va strategik geografik joylashuvini AQSHning ilg‘or texnologiyalari, investitsiya kapitali hamda tadbirkorlik tajribasi bilan birlashtirish muhimligini taʼkidladi.
Qayd etilishicha, “C5+1” kotibiyati hamraisi vazifalarini o‘z zimmasiga olgan O‘zbekiston erishilgan muvaffaqiyatlarni rivojlantirish, hamkorlikdagi izchillikni taʼminlash va kelishuvlar asosida amaliy natijalarga erishishni maqsad qilgan.
«Bizning umumiy vazifamiz — ushbu ustunliklarni birlashtirish va xalqlarimizga sezilarli naf keltiradigan uzoq muddatli sheriklikni yo‘lga qo‘yishdir».
“C5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvidagi nutqi yakunida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Markaziy Osiyoning boy resurslari, o‘sib borayotgan bozorlari, inson kapitali va strategik geografik joylashuvini AQSHning ilg‘or texnologiyalari, investitsiya kapitali hamda yuqori darajadagi tadbirkorlik tajribasi bilan birlashtirish muhimligini yana bir bor taʼkidladi.
Vazir asrlar davomida xalqlar, bozorlar, bilimlar va g‘oyalarni bog‘lab kelgan Samarqandning tarixiy rolini yangi mazmun bilan boyitish va shu orqali Markaziy Osiyo hamda AQSHni yana-da yaqinlashtirish imkoniyati mavjudligini qayd etdi.
«Bugungi uchrashuv ushbu kelajak sari yo‘lda muhim qadam bo‘lishiga umid qilaman», — deya xulosa qildi Baxtiyor Saidov.