7
O‘zbekiston

O‘zbekiston va AQSH strategik sheriklik muloqotini boshladi

O‘zbekiston va AQSH strategik sheriklik muloqotini boshladi
O‘zbekiston va AQSH strategik sheriklik muloqotini boshladi / Foto: O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 19 oktyabr kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi Kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va AQSH Davlat kotibi Marko Rubio olib bordi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri maʼlum qildi.

Tomonlar ikki mamlakat yetakchilari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda savdo va investitsiyalarni rivojlantirish, energetika, muhim minerallar hamda ilg‘or texnologiyalar sohalaridagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi. Kun tartibidan taʼlim, madaniy-gumanitar aloqalar va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik masalalari ham o‘rin oldi.

Baxtiyor Saidovning taʼkidlashicha, yangi muloqot mexanizmining ishga tushirilishi O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarni izchil rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Tomonlar mazkur muloqot o‘zaro ishonchni mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni ilgari surish va kengaytirilgan strategik sheriklik doirasida yangi tashabbuslarni amalga oshirishga xizmat qilishini kutmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.