Shoshilinch
O‘zbekiston

O‘zbekiston eng qudratli mamlakatlar reytingida 71-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston eng qudratli mamlakatlar reytingida 71-o‘rinni egalladi
O‘zbekiston eng qudratli mamlakatlar reytingida 71-o‘rinni egalladi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston 2026 yildagi dunyoning eng qudratli mamlakatlari reytingida 100 ta davlat orasida 71-o‘rinni egalladi.

Jadval World Population Review saytida U.S. News & World Report maʼlumotlariga tayangan holda eʼlon qilingan. Bu haqda World Population Review xabar berdi.

Reytingda O‘zbekiston Ummondan (70-o‘rin) keyin va Shri-Lankadan (72-o‘rin) oldin joylashgan. Shuningdek, unga yaqin o‘rinlarni Kambodja (69-o‘rin), Quvayt (68-o‘rin), Ekvador (73-o‘rin) va Latviya (74-o‘rin) egallagan.

Reytingning birinchi o‘rnidan Xitoy, ikkinchi o‘rindan esa AQSH joy olgan.

Kuchli o‘ntalikka, shuningdek, Hindiston, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Meksika va Italiya kirgan. Rossiya 11-o‘rinni, Turkiya esa 21-o‘rinni egallagan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida reytingga O‘zbekistondan tashqari faqat Qozog‘iston kiritilgan. U 34-o‘rindan joy olgan. Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston jadvalda ko‘rsatilmagan.

Osiyo va Kavkazning boshqa mamlakatlaridan Pokiston 42-o‘rinni, Eron 46-o‘rinni, Armaniston 80-o‘rinni, Gruziya 91-o‘rinni, Mo‘g‘uliston esa 94-o‘rinni egallagan.

World Population Review maʼlumotlariga ko‘ra, U.S. News Best Countries‘ning 2026 yilgi yillik hisoboti 100 ta mamlakatni qamrab olgan.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.