Shoshilinch
Sport

Kamila Rahimova Wuhan Open saralash bosqichida Sofiya Keninni mag‘lub etdi

Kamila Rahimova Wuhan Open saralash bosqichida Sofiya Keninni mag‘lub etdi
Kamila Rahimova Wuhan Open saralash bosqichida Sofiya Keninni mag‘lub etdi / Foto: O'zbekiston tennis federatsiyasi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston vakili Kamila Rahimova Xitoyda o‘tkazilayotgan WTA 1000 toifasidagi Wuhan Open tennis turniri saralash bosqichidagi ishtirokini muvaffaqiyatli boshladi.

Birinchi uchrashuvda Rahimova amerikalik tennischi Sofiya Keninni ikki setda 6:0, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.

Kenin 2020 yilda Australian Open turniri g‘olibi bo‘lgan. O‘sha mavsumda u Roland Garros turniri finaligacha yetib borgan va avvalroq jahon reytingining to‘rtinchi pog‘onasini egallagan.

Amerikalik tennischi ustidan qozonilgan g‘alaba Rahimovaga saralash turnirini muvaffaqiyatli boshlash imkonini berdi.

Keyingi uchrashuvlarda o‘zbekistonlik tennischining Wuhan Open turniri asosiy to‘riga yo‘llanma olish-olmasligi maʼlum bo‘ladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.