Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Britaniyaning Blue Sky Sports futbol agentligi bilan futbolni boshqarish va rivojlantirish sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi. Videokonferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Boshqaruv samaradorligi agentligi vakillari, shuningdek, Blue Sky Sports direktori Richard Kressvell ishtirokida o‘tkazildi.
Uchrashuv ishtirokchilari futbol sohasida boshqaruv samaradorligini oshirish va ilg‘or xalqaro tajribani joriy etish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Xorijiy klublar va akademiyalarda yosh futbolchilarni rivojlantirish, shuningdek, loyihalarni zamonaviy boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar, shuningdek, futbolni boshqarish va rivojlantirish bo‘yicha Britaniya tajribasini O‘zbekiston sharoitiga moslashtirish imkoniyatini muhokama qildi.
Potensial hamkorlik yo‘nalishlari qatorida futbolchilarni rivojlantirish va ularning professional faoliyatini boshqarishga yondashuvlarni takomillashtirish masalalari ham bor.
Uchrashuv O‘zbekiston futbolida boshqaruvning zamonaviy yondashuvlarini joriy etish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlardan biri bo‘ldi.