Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Qozoğiston startaplarni xalqaro bozorlarga olib çiqiş va ularning imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida Londonda hamkorlikdagi Eurasia Growth Hub xabini oçdi. Bu haqda Özbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
Xabning rasmiy oçiliş marosimi IT Park Uzbekistan va Astana Hub hamkorligida taşkil etilgan Digital Eurasia – Growth Hub Grand Opening tadbiri doirasida bölib ötdi.
Taşabbus ikki mamlakat startap ekotizimini rivojlantiriş, mintaqaviy texnologik kompaniyalar, britaniyalik investorlar va salohiyatli biznes hamkorlar örtasida aloqalar örnatişga qaratilgan.
Tadbir doirasida Özbekiston va Qozoğistondan 12 ta startap özining texnologik işlanmalarini Britaniya auditoriyasiga taqdim etdi.
Uçraşuvda 250 nafardan ortiq iştirokçi qatnaşdi. Ular orasida vençur fondlar vakillari, biznes-fariştalar, texnologik kompaniyalar hamda xalqaro startap ekotizimlari iştirokçilari, şuningdek, Buyuk Britaniyada istiqomat qilayotgan Özbekiston va Qozoğiston texnologik hamjamiyati vakillari bor edi.
Tadbirda NVIDIA, Startupbootcamp, EBRD VC, Molten Ventures, Innowise, Buyuk Britaniya Taşqi işlar, Hamdöstlik va taraqqiyot vazirligi (FCDO), Citibank hamda Sturgeon Capital vakillari iştirok etdi. Şuningdek, Özbekiston va Qozoğistonning Buyuk Britaniyadagi elçilari ham qatnaşdi.
Eurasia Growth Hub‘ning taşkil etilişi ikki mamlakat startap ekotizimlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, mintaqaviy kompaniyalarning xalqaro investitsiya va biznes aloqalarini kengaytiriş hamda ular uçun Britaniya bozorida qöşimça imkoniyatlar yaratişga xizmat qilişi közda tutilgan.