Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston milliy terma jamoasining sobiq futbolçisi Sergey Lebedev vafot etdi. U vafoti vaqtida “FarDU” futbol klubiga boş murabbiylik qilib kelayotgan edi.
Sergey Lebedev 1969 yil 31 yanvarda Farğona şahrida tuğilgan. U Özbekiston milliy terma jamoasi safida 33 ta uçraşuvda maydonga tuşib, 10 ta gol urgan.
Futbolçi terma jamoa tarkibida 1994 yilgi Osiyo öyinlari ğolibi bölgan.
Klublar darajasida u Farğonaning “Neftçi” jamoasidagi öyinlari bilan köproq tanilgan. Uşbu klub bilan tört marta Özbekiston çempionligini qölga kiritgan va ikki marta mamlakat Kubogi sohibi bölgan.
1997 yilda Lebedev jahon terma jamoasi tarkibida körgazmali uçraşuvda ham iştirok etgan.
Futbolçilik faoliyatini yakunlagaç, murabbiy sifatida işlagan. Uning sönggi iş joyi “FarDU” futbol klubi bölib, vafoti vaqtida jamoani boşqarib kelayotgan edi.