Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Iordaniya farmatsevtika sohasini tartibga soliş, dori vositalari xavfsizligini ta’minlaş hamda mutaxassislar tayyorlaş yönalişlaridagi hamkorlikni kengaytirişga kelişib oldi. Bu haqda Özbekiston Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xabar berdi.
23 noyabr kuni Amman şahrida Markaz direktori Alişer Temirov Iordaniya Oziq-ovqat va dori vositalari nazorati boşqarmasi (JFDA) boş direktori Rana Obeydat bilan uçraşdi.
Tomonlar ikki mamlakatda farmatsevtika sohasini tartibga soliş tizimlari, dori vositalari xavfsizligini ta’minlaş mexanizmlari va nazorat faoliyatining ilğor tajribalarini muhokama qildi.
JFDA‘ning xalqaro maqomiga alohida e’tibor qaratildi. 2024 yildan buyon uşbu idora Farmatsevtika preparatlariga qöyiladigan texnik talablarni uyğunlaştiriş böyiça xalqaro kengaşning (IÇ) tölaqonli a’zosi hisoblanadi. 2026 yildan esa Farmatsevtika inspeksiyalari hamkorligi sxemasida (PIC/S) iştirok etmoqda.
Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar bir neçta yönalişda hamkorlikni rivojlantirişga kelişib oldi. Jumladan, ikki mamlakat mutaxassislari uçun öquv kurslari va treninglar taşkil etiş, ekspertlar almaşinuvini yölga qöyiş, xalqaro konferensiya va seminarlarda iştirok etiş rejalaştirilgan.
Şuningdek, Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Global bençmarking vositasi (GBT) asosida milliy tartibga soliş tizimining yetuklik darajasini oşiriş böyiça hamkorlik qiliş közda tutilgan.
Bundan taşqari, tomonlar hamkorlikning aniq yönalişlari va ularni amalga oşiriş mexanizmlarini belgilaydigan qöşma «Yöl xaritasi»ni işlab çiqişga kelişib oldi.
Özbekiston Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi va JFDA örtasida özaro anglaşuv memorandumini imzolaş Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga taşrifi doirasida kutilayotgani ma’lum qilindi.