Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Raqobat qömitasi kömir narxlari va uni iste’molçilarga yetkazib berişda qöllaniladigan ustamalarning iqtisodiy jihatdan asoslanganligini örganadi. Bu haqda qömita matbuot xizmati xabar berdi.
Tekşiruv Özbekiston Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 30 iyuldagi 418-son qaroriga muvofiq ötkazilmoqda. Bunda bozorda ustun mavqega ega korxonalar tomonidan qazib olinadigan kömir narxlarining şakllanişiga alohida e’tibor qaratiladi.
Qömita bunday korxonalar qazib olinadigan kömir narxlarini raqobat şaroitida şakllanadigan darajadan asossiz ravişda yuqori belgilamasligini nazorat qiladi.
Şuningdek, idora aholi va byudjet taşkilotlariga kömir yetkazib beriş uçun mas’ul tadbirkorlarning faoliyatini ham tekşiradi. Xususan, birja orqali xarid qilingan mahalliy kömirni sotişda qöşimça asossiz ustamalar qöllanilişi va ortiqça xarajatlarga yöl qöyilmasligiga e’tibor qaratiladi.
Bundan taşqari, qömita kömir bozorida iqtisodiy konsentratsiya ustidan davlat nazoratini amalga oşiradi.
Örganiş davomida mutaxassislar kömir mahsulotlari qiymatini şakllantiriş tartibi va ularni iste’molçilarga yetkazib berişda qöllaniladigan narxlarning iqtisodiy jihatdan asoslanganligini baholaydi.
Qonunçilik talablari buzilgani aniqlangan taqdirda, tegişli çoralar köriladi.