Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Turkiyaning Medicana Healthcare Group kompaniyasi investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari hamda Toşkentda köp tarmoqli xususiy klinika taşkil etiş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning kompaniya direktorlar kengaşi a’zosi Berk Bozqurt bilan uçraşuvi 19 noyabr kuni Toşkentda bölib ötdi.
Muzokaralar davomida tomonlar investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş va Özbekistonda qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlarini muhokama qildi.
Poytaxtda köp tarmoqli xususiy klinika taşkil etiş va uni boşqariş taşabbusiga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv iştirokçilari loyihani amalga oşiriş şartlari va hamkorlikning keyingi rejalarini atrofliça körib çiqdi.