Özbekiston

Özbekiston va Tojikiston sud qarorlarini ijro etiş böyiça hamkorlikni kengaytiradi

Özbekiston va Tojikiston sud qarorlarini ijro etiş böyiça hamkorlikni kengaytiradi
Özbekiston va Tojikiston sud qarorlarini ijro etiş böyiça hamkorlikni kengaytiradi / Foto: Özbekiston Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Tojikiston 2027–2028 yillarga möljallangan sud qarorlarini ijro etiş sohasidagi hamkorlik dasturini imzoladi.

Hujjat Tojikiston delegatsiyasining 17–20 noyabr kunlari Özbekistonga amalga oşirgan taşrifi yakunlari böyiça imzolandi. Bu haqda Özbekiston Boş prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar berdi.

Tojikiston Hukumati huzuridagi Ijro xizmati delegatsiyasiga Abdullozoda Axtam Rustam rahbarlik qildi. Taşrif Özbekiston Majburiy ijro byurosining taklifiga binoan taşkil etildi.

Muzokaralar davomida tomonlar sud qarorlarini ijro etiş, ijro iş yurituvini raqamlaştiriş va jarayonlarni avtomatlaştiriş masalalarini körib çiqdi.

Şuningdek, davlat organlari bilan elektron axborot almaşinuvi hamda xatlangan mol-mulkni sotiş böyiça auksionlar ötkaziş amaliyoti muhokama qilindi.

Imzolangan dasturda özaro işçi taşriflarni taşkil etiş, mutaxassislar örtasida maslahatlaşuvlar ötkaziş va amaliy tajriba almaşiş nazarda tutilgan.

Taşrif doirasida Tojikiston delegatsiyasi Majburiy ijro byurosining Yaşnobod tuman bölimi faoliyati bilan ham tanişdi.

Mehmonlarga davlat ijroçilarining iş jarayoni, ijro hujjatlarini yuritiş tartibi, şuningdek, fuqarolar va taşkilotlar bilan hamkorlik qiliş amaliyoti haqida ma’lumot berildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.