7
Iqtisod

Toşkentda Rossiyaning 53 ta kompaniyasi biznes-missiya ötkazadi

Toşkentda Rossiyaning 53 ta kompaniyasi biznes-missiya ötkazadi
Toşkentda Rossiyaning 53 ta kompaniyasi biznes-missiya ötkazadi / Foto: Özbekiston Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 18–20 noyabr kunlari Toşkentda Rossiyaning 53 ta işlab çiqaruvçi va yetkazib beruvçi kompaniyasi iştirokida biznes-missiya bölib ötadi. Bu haqda Özbekiston Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi xabar berdi.

Tadbir doirasida özbekistonlik importyorlar, distribyutorlar va savdo korxonalari vakillari Rossiya kompaniyalari bilan töğridan-töğri B2B muzokaralarini ötkaziş imkoniyatiga ega böladi. Iştirokçilar yangi hamkorlarni topiş va savdo aloqalarini örnatiş masalalarini muhokama qiladi.

Rossiya kompaniyalari oziq-ovqat va agrar sektorning bir qator yönalişlari böyiça mahsulotlar hamda xizmatlarni taqdim etadi.

Tadbir dasturidan don va dukkakli ekinlar, un va ozuqa mahsulotlari, ösimlik moylari va moyli ekinlar, göşt hamda göşt mahsulotlari örin olgan. Şuningdek, sut mahsulotlari, pişloqlar va bolalar oziq-ovqati ham namoyiş etiladi.

Alohida yönalişlar tayyor oziq-ovqat mahsulotlari, konserva, souslar, şarbatlar, içimliklar, çoy, qandolatçilik va non-bulka mahsulotlarini qamrab oladi. Bundan taşqari, iştirokçilar baliq va dengiz mahsulotlari, öğitlar, agrokimyo mahsulotlari hamda logistika xizmatlarini taqdim etadi.

Özbekistonlik tadbirkorlar Rossiya işlab çiqaruvçilari bilan tovarlar assortimenti va yetkazib beriş şartlarini bevosita muhokama qilişlari mumkin. Şuningdek, eksport-import şartnomalarining şartlarini körib çiqiş ham rejalaştirilgan.

Biznes-missiya va B2B uçraşuvlarida iştirok etiş uçun tadbirkorlar öz kompaniyalari haqida ma’lumot taqdim etişlari lozim.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.