Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Kanada raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va kadrlar tayyorlaş sohalaridagi hamkorlikni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Özbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
Raqamli texnologiyalar vaziri Şerzod Şermatov Kanadaning Özbekistondagi elçisi Kristofer Daggan bilan uçraşuv ötkazdi.
Tomonlar raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va startaplarni rivojlantiriş sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini körib çiqdi.
Şerzod Şermatov Özbekistonda IT-kompaniyalar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, soliq imtiyozlari va IT Park rezidentlari uçun mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi. Şuningdek, xorijiy kompaniyalarni mahalliy bozorga jalb qiliş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarni taqdim etdi.
Vazirlik ma’lumotlariga köra, IT Park rezidentlari sifatida Kanadaning 11 ta kompaniyasi röyxatdan ötgan.
Uçraşuvda masofaviy xizmatlar eksportini rivojlantiriş va Özbekistonning kadrlar salohiyatidan foydalaniş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Kanada kompaniyalari mamlakatda biznes oçiş, mintaqaviy boşqaruv ofislarini taşkil etiş va mahalliy mutaxassislarni jalb qilişga taklif etildi.
Tomonlar sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik masalalarini ham muhokama qildi. Özbekiston mamlakatdagi 5 million nafar aholining sun’iy intellekt sohasidagi bilim va könikmalarini oşiriş taşabbusini taqdim etdi.
Taqdim etilgan yönalişlar qatorida Coursera bilan hamkorlik qiliş, şuningdek, ta’lim, soğliqni saqlaş va qişloq xöjaligi sohalariga sun’iy intellekt asosidagi yeçimlarni joriy etiş masalalari örin oldi.
Uçraşuv iştirokçilari sun’iy intellektni joriy etişda inson manfaatlarini hisobga oliş, yangi iş örinlarini yaratiş va mehnat unumdorligini oşiriş muhimligini ta’kidladi. Şuningdek, oçiq dasturiy kodga ega texnologiyalarning salohiyati qayd etildi.
Tomonlar sun’iy intellektning iqtisodiy samaradorligini baholaş böyiça xalqaro tajriba almaşişdan manfaatdor ekanini bildirdi. Buning uçun ekspertlar uçraşuvlari va qöşma muhokamalarni taşkil etiş taklif qilindi.
Bundan taşqari, muzokaralarda Kanada startap akseleratorlari, vençur fondlari va texnologik kompaniyalarini Özbekistonga jalb qiliş imkoniyatlari körib çiqildi. Ta’lim muassasalari örtasidagi hamkorlikni yölga qöyiş, davlat xizmatçilarining malakasini oşiriş va akademik almaşinuv dasturlarini kengaytiriş masalalari ham muhokama qilindi.
Kanada elçisi mamlakat kompaniyalarining Özbekistondagi iştirokini kengaytiriş va yangi qöşma loyihalarni ilgari surişga kömaklaşişga tayyorligini bildirdi.