Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentda bölib ötgan ICPC Uzbekistan Regional Contest 2026 musobaqasining mintaqaviy bosqiçi yakunlariga köra, 20 dan ortiq jamoa Qozoğistonda ötkaziladigan Şimoliy Yevrosiyo bosqiçida iştirok etiş imkoniyatini qölga kiritdi. Musobaqada Özbekiston oliy ta’lim muassasalaridan 79 ta jamoa qatnaşdi.
Musobaqa 8 noyabr kuni Sçool 21 maydonida bölib ötdi. U Özbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT Park Uzbekistan, IT Park University (ITPU) va Sçool 21 tomonidan taşkil etildi.
Iştirokçilardan dasturlaş, ma’lumotlar tuzilmalari, matematik mantiq va optimallaştiriş usullari böyiça bilimlarni talab qiluvçi algoritmik masalalarni yeçiş talab etildi.
Musobaqa natijalariga köra, birinçi örinni Attack on Contest: THE LAST ATTACK nomli Taşkent UIT jamoasi egalladi. Ikkinçi örin Toşkentdagi Moskva davlat universiteti filiali vakili bölgan One Last Plov jamoasiga nasib etdi. Uçinçi örinni esa New Uzbekistan University‘ning Three Dinosaurs jamoasi qölga kiritdi.
Jami töqqizta jamoa sovrindor böldi. Birinçi, ikkinçi va uçinçi örin sohiblariga mos ravişda MacBook Pro, iPad Pro va iPad Air taqdim etildi.
Törtinçidan töqqizinçi öringaça bölgan jamoalar Fitbit qurilmalari bilan taqdirlandi.
Taqdirlaş marosimida ICPC Uzbekistan mintaqaviy direktori, IT Park Uzbekistan boş direktori maslahatçisi Abdulahad Qöçqorov hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi vakili Baxodir Ahmedov iştirok etdi.
Uzum kompaniyasi tomonidan alohida nominatsiyalar ham ta’sis etildi. Webster University in Taşkent‘ning Falcons jamoasi masalalardan birini birinçi bölib muvaffaqiyatli yeçgani uçun, Cyber University‘ning Cyber jamoasi yeçimlarni yuborişga eng köp uriniş qilgani uçun, New Uzbekistan University‘ning Asteroids jamoasi esa musobaqaning sönggi daqiqasida yeçimni muvaffaqiyatli yuborgani uçun e’tirof etildi.
Har bir jamoaga 5 million sömlik Uzum vauçeri topşirildi.
Yandex kompaniyasi esa maşğulot yiğinlari va musobaqalarni taşkil etişda iştirok etadigan murabbiylar hamda faollarga Yandeks Drops quloqçinlarini sovğa qildi.
ICPC — sport dasturlaş böyiça xalqaro jamoaviy musobaqa hisoblanadi.
Odatda, har bir jamoa uç nafar talabadan taşkil topadi. Ularga beş soat davomida bir qator algoritmik masalalarni yeçiş vazifasi beriladi. Natijalar yeçilgan masalalar soni, ularni bajariş vaqti va jarima vaqti asosida baholanadi.