7
Özbekiston

Özbekiston va Jahon meteorologiya taşkiloti iqlim böyiça hamkorlikni muhokama qilişdi

Özbekiston va Jahon meteorologiya taşkiloti iqlim böyiça hamkorlikni muhokama qilişdi
Özbekiston va Jahon meteorologiya taşkiloti iqlim böyiça hamkorlikni muhokama qilişdi / Foto: Özbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Antaliya şahriga amaliy taşrif davomida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Jahon meteorologiya taşkiloti boş kotibi Selesta Saulo bilan uçraşuv ötkazdi.

Suhbatda iqlim özgarişini monitoring qiliş, ekstremal ob-havo hodisalariga nisbatan bardoşlilikni oşiriş hamda ekologik vaziyatni yaxşilaş borasidagi hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.

JMT bilan gidrometeorologiya infratuzilmasini modernizatsiya qiliş, ob-havoni kuzatiş tizimlarini takomillaştiriş, ma’lumot almaşiş kabi yönalişlarda köp yildan buyon samarali hamkorlik qilib kelinayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Atmosfera monitoringi, qum va çang böronlarini prognoz qiliş hamda havo sifatini ta’minlaş sohalarida hamkorlikni yanada mustahkamlaş muhimligi ta’kidlandi.

Yakunda iqlim kun tartibining ustuvor yönalişlari böyiça amaliy şeriklikni kengaytiriş va qöşma taşabbuslarni amalga oşirişga tayyorlik bildirildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.