7
Iqtisod

Özbekistonda mahsulotlarning ozuqaviy qiymati bazasi yaratiladi

Özbekistonda mahsulotlarning ozuqaviy qiymati bazasi yaratiladi
Özbekistonda mahsulotlarning ozuqaviy qiymati bazasi yaratiladi / Foto: Oziq-ovqat xavfsizligi qömitasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari va taomlarning tarkibi haqida milliy ma’lumotlar bazasi yaratiladi. Loyiha BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO) kömagida amalga oşirilmoqda.

Toşkent davlat agrar universitetida sohaviy mutaxassislar va tegişli taşkilotlar vakillari iştirokida seminar bölib ötdi. Unda ma’lumotlar bazasini şakllantiriş böyiça yöl xaritasi muhokama qilindi. Tadbirda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qömitasi xodimlari ham qatnaşdi.

Dastlabki bosqiçda iştirokçilar ma’lumotlar bazasiga kiritiladigan oziq-ovqat mahsulotlari va ozuqa moddalari röyxatini körib çiqdilar. Şuningdek, mavjud ma’lumotlarning işonçliligini baholaş va qöşimça laboratoriya tadqiqotlarini ötkaziş zarurati muhokama qilindi.

Seminarda taqdim etilgan 70 ta ilmiy manba tahliliga köra, don ekinlari va mevalarning tarkibi nisbatan batafsil örganilgan. Şu bilan birga, bir neçta masalliqdan tayyorlanadigan milliy taomlarning ozuqaviy qiymati haqidagi ma’lumotlarda kamçiliklar aniqlangan.

Kelgusida yaratiladigan baza oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor taomlar tarkibidagi oqsillar, yoğlar, uglevodlar, temir, vitaminlar hamda boşqa muhim ozuqa moddalarining miqdorini aniqlaş imkonini beradi.

Töplangan ma’lumotlar aholining kundalik ovqatlaniş ratsionini baholaş va organizmda ozuqa moddalari yetişmasligi ehtimolini aniqlaş uçun işlatilişi rejalaştirilgan.

Şuningdek, uşbu ma’lumotlar Özbekiston aholisining milliy ovqatlaniş xususiyatlarini hisobga olgan holda soğlom ovqatlaniş böyiça tavsiyalar işlab çiqiş uçun ilmiy asos bölib xizmat qiladi.

 

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.