Iqtisod

Buxoro NQIZ qayta işlaş quvvatini 5 mln tonnaga yetkazadi

Buxoro NQIZ qayta işlaş quvvatini 5 mln tonnaga yetkazadi
Buxoro NQIZ qayta işlaş quvvatini 5 mln tonnaga yetkazadi / Foto: Özbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Buxoro neftni qayta işlaş zavodi qiymati 328 mln dollar bölgan modernizatsiya loyihasi doirasida xomaşyoni qayta işlaş böyiça yillik quvvatini 2,5 mln tonnadan 5 mln tonnaga yetkazişni rejalaştirmoqda. Loyihani tayyorlaş işlari bilan Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanidagi korxonaga taşrifi davomida tanişdi.

Buxoro NQIZ mamlakatdagi yirik yoqilği mahsulotlari işlab çiqaruvçilaridan biri hisoblanadi. Korxonada 3,2 mingdan ortiq mutaxassis mehnat qiladi.

Joriy yilning yanvar–sentyabr oylarida zavod umumiy qiymati 12,1 trln sömlik 1,36 mln tonna neft mahsulotlari işlab çiqardi. Bu davrda mahsulot va xizmatlar eksporti 99,5 mln dollarni taşkil etdi. Yil yakuniga qadar korxona eksport körsatkiçini 116 mln dollarga yetkazişni rejalaştirmoqda.

Modernizatsiyaning asosiy vazifasi xomaşyoni qayta işlaş hajmini kengaytiriş va yuqori oktanli avtomobil benzini işlab çiqarişni köpaytirişdan iborat. Buning uçun zavodda naftani gidrotozalaş va izomerizatsiya qiliş uskunalarini örnatiş rejalaştirilgan.

Gidrotozalaş xomaşyo tarkibidagi oltingugurt va boşqa aralaşmalar miqdorini kamaytiriş imkonini beradi. Izomerizatsiya esa yengil neft fraksiyalaridan olinadigan benzinning oktan sonini oşirişga xizmat qiladi. Uşbu texnologiyalar Yevro-5 ekologik standarti talablariga javob beradigan AI-92 va AI-95 benzinlari işlab çiqarişni köpaytiriş uçun zarur.

Bundan taşqari, loyiha xomaşyoni fraksiyalarga ajratiş jarayonlarini modernizatsiya qiliş va oğir qoldiqlarni çuqur qayta işlaşni nazarda tutadi. Barça çora-tadbirlar amalga oşirilgaç, korxonaning yillik işlab çiqariş quvvati yana 2,5 mln tonnaga oşib, 5 mln tonnaga yetadi.

Işlab çiqariş imkoniyatlarining kengayişi tayyor mahsulot işlab çiqarişni köpaytiriş, içki bozor ta’minotini mustahkamlaş va eksport hajmini oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Zavodga taşrif davomida Şavkat Mirziyoyev modernizatsiya işlarini belgilangan muddatlarda va sifat talablariga muvofiq amalga oşiriş, yangi uskunalarni amaldagi işlab çiqariş jarayonlariga moslaştiriş hamda yangilaş davrida korxonaning barqaror işlaşini ta’minlaş böyiça topşiriqlar berdi. Prezident, şuningdek, loyihada iştirok etayotgan xorijiy kompaniyalar vakillari bilan suhbatlaşdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.