Turizm

Özbekistonda Uzbek Gift Contest tanlovi davom etmoqda: ğoliblarga 20 mln sömdan beriladi

Özbekistonda Uzbek Gift Contest tanlovi davom etmoqda: ğoliblarga 20 mln sömdan beriladi
Özbekistonda Uzbek Gift Contest tanlovi davom etmoqda: ğoliblarga 20 mln sömdan beriladi / Foto: UzDaily.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — «Uzbek Gift Contest» tanlovining ikkinçi bosqiçi uçun arizalar qabul qiliş davom etmoqda. Tanlov Özbekiston Respublikasi Turizm qömitasi, “Hunarmand” uyuşmasi va Özbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida taşkil etilgan.

Tanlovdan közlangan maqsad milliy hunarmandçilik mahsulotlarini zamonaviy turistik suvenirlar sifatida tarğib qiliş, hududlardagi ustalarning ijodiy salohiyatini qöllab-quvvatlaş hamda sayyohlar uçun ixçam, sifatli va hamyonbop esdalik buyumlari namunalarini yaratişdan iborat.

Tanlovning ikkinçi bosqiçi hunarmandlar örtasida ötkazilmoqda. Ustalar birinçi bosqiçda ğolib deb topilgan 10 ta eskiz va dizayn asosida amaliy san’atga oid suvenir mahsulotlarini yaratişlari lozim.

Hunarmandlar öz yönalişidan kelib çiqib, ijodiy yondaşuvi asosida buyumlarning xomaşyosi, rangi va boşqa xususiyatlarini takomillaştiriş huquqiga ega.

Iştirokçilar onlayn platforma orqali röyxatdan ötib, joriy yilning 10 noyabriga qadar özlarining tanlov uçun tayyorlagan mahsulotlarini “Hunarmand” uyuşmasining hududiy boşqarmalariga taqdim etişlari mumkin.

Yakuniy baholaş hakamlar hay’ati tomonidan amalga oşiriladi. Kelib tuşgan arizalar orasidan eng yaxşi 10 ta mahsulot ğolib deb topiladi. Ularning har biriga 20 mln söm miqdorida pul mukofoti beriladi.

Bundan taşqari, Turizm qömitasi va “Hunarmand” uyuşmasi ğoliblarga mahsulotlarni onlayn marketpleyslar va platformalarga olib çiqişda kömaklaşadi. Şuningdek, SMM, maqsadli reklama va marketingning boşqa yönalişlari böyiça zarur mutaxassislarni uç oygaça jalb qiliş, ularning xizmatlari haqi va qöşimça xarajatlarini belgilangan tartibda qoplaş, yangi mahsulotlarni tarğib qiliş hamda eksport bozorlariga çiqişda yordam körsatiladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.