Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–sentyabr oylarida Özbekistonda 69,6 mlrd kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarildi.
Energetika vazirligi va Statistika qömitasi ma’lumotlari örtasidagi farq binolar tomlariga örnatilgan kiçik quyoş panellarida işlab çiqarilgan elektr energiyasi statistik hisobotlarda inobatga olinmasligi bilan izohlanadi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotlariga köra, töqqiz oy davomida issiqlik elektr stansiyalari 49,1 mlrd kVt·soat, yirik quyoş va şamol elektr stansiyalari 10,5 mlrd kVt·soat, gidroelektr stansiyalari esa 6,6 mlrd kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqargan.
Yana 2,5 mlrd kVt·soat elektr energiyasi binolar tomlariga örnatilgan kiçik quyoş panellari (Rooftop) hissasiga töğri kelgan. Blok-stansiyalar esa şu davrda 867,1 mln kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqargan.
Energetika vazirligi ta’kidlaşiça, aynan kiçik quyoş qurilmalarida elektr energiyasi işlab çiqarilişi ikki idora ma’lumotlari örtasidagi tafovutga sabab bölgan. Aholi va yuridik şaxslar tomonidan örnatilgan quyoş panellarida işlab çiqarilgan elektr energiyasi Statistika qömitasi şakllantiradigan elektr energiyasi işlab çiqariş körsatkiçlariga kiritilmaydi.
Şu tariqa, Energetika vazirligi va Statistika qömitasi ma’lumotlarini taqqoslaşda kiçik quyoş qurilmalarini hisobga oliş metodikasidagi farqlarni inobatga oliş lozim.
Energetika vazirligi ma’lumotlariga köra, yanvar–sentyabr oylarida kiçik quyoş qurilmalarida elektr energiyasi işlab çiqariş hajmi 2,5 mlrd kVt·soatni taşkil etgan.