Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Özbekneftgaz” kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida noyabr va dekabr oylarida tabiiy gaz qazib olişning sutkalik körsatkiçlarini soatbay nazorat qilişni joriy etadi. Bu haqda kompaniya boşqaruvi raisi Abduğani Sanginov işlab çiqariş rejalarining bajarilişi va isitiş mavsumiga tayyorgarlik masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişida topşiriq berdi.
Yiğiliş iştirokçilari 23 oktyabr kuni berilgan topşiriqlarning bajarilişi, quduqlarni burğilaş va ta’mirlaş işlarining borişi, şuningdek, belgilangan gaz qazib oliş hajmlariga erişiş uçun zarur geologik-texnik tadbirlar amalga oşirilişini körib çiqdi.
Kompaniya ma’lumotlariga köra, körilgan çoralar natijasida tabiiy gazning sutkalik qazib oliş hajmi 1 oktyabrdagi körsatkiçga nisbatan 1,8 million kub metrga oşdi. Şu bilan birga, yiğilişda pasaygan qazib oliş hajmlarini tiklaş va kuz-qiş mavsumi uçun belgilangan barça tadbirlarni öz vaqtida amalga oşiriş zarurligi ta’kidlandi.
“Kondor” kompaniyasida 23 oktyabrda berilgan topşiriqlarni bajariş doirasida gazning sutkalik qazib oliş hajmini 255 ming kub metrga oşirişga erişildi.
Yiğiliş yakunlari böyiça “Şörtan” va “Muborak” boşqarmalari rahbarlariga reja körsatkiçlaridan ortda qolişni bartaraf etiş hamda belgilangan geologik-texnik tadbirlarning bajarilişini ta’minlaş topşirildi.
Quduqlarni burğilaş va sinovdan ötkaziş muddatlariga ham alohida e’tibor qaratildi. Uşbu işlarni belgilangan vaqtda yakunlaş, şuningdek, burğilaş jarayonida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etiş böyiça kunlik rejalar işlab çiqiş va ularning bajarilişini ta’minlaş vazifasi qöyildi.
Bundan taşqari, quduqlarni rejali ta’mirlaş işlarini, jumladan, murakkab ta’mirlaş tadbirlarini öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş topşirildi.
Ustyurt konlarida Xitoydan xarid qilingan ta’mirlaş qurilmalarini bosqiçma-bosqiç örnatiş rejalaştirilgan. Şuningdek, qiya yönaltirilgan burğilaş va quduqlarni çuqurlaştiriş işlarini boşlaş közda tutilgan.
“Özbekneftgaz” 2027 yilda 146 ta quduq burğilaşni rejalaştirmoqda. Ularning 96 tasi qidiruv-razvedka, 50 tasi esa ekspluatatsiya quduqlari böladi. Kelgusi yilning birinçi çoragida 18 ta quduqdagi işlarni yakunlaş rejalaştirilgan.
Uşbu dasturni amalga oşirişga tayyorgarlik köriş uçun 2026 yil oxirigaça Xitoydan keltiriladigan yettita burğilaş qurilmasini bosqiçma-bosqiç montaj qiliş belgilangan. Qurilmalar örnatilgandan söng kompaniya burğilaş işlarini boşlaşni rejalaştirmoqda.
“Özbekneftgaz” AJ axborot xizmati ma’lumotiga köra, işlab çiqariş vazifalarining bajarilişi va geologik-texnik tadbirlarning belgilangan muddatlarga muvofiq amalga oşirilişi kompaniyaning kuz-qiş mavsumiga tayyorgarligidagi asosiy yönalişlar bölib qolmoqda.