7
Iqtisod

“O‘zto‘qimachiliksanoat” va Lamoda o‘zbek brendlarini marketpleysga olib chiqishni muhokama qildi

“O‘zto‘qimachiliksanoat” va Lamoda o‘zbek brendlarini marketpleysga olib chiqishni muhokama qildi
“O‘zto‘qimachiliksanoat” va Lamoda o‘zbek brendlarini marketpleysga olib chiqishni muhokama qildi / Foto: “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi va Lamoda marketpleysi o‘zbek ishlab chiqaruvchilarining onlayn platformadagi ishtirokini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Muzokaralarni uyushma raisi Muhammadjon Jumaniyazov kompaniya vakili bilan o‘tkazdi.

Uchrashuv ishtirokchilari qo‘shma loyiha bo‘yicha muhokamalarni davom ettirib, hamkorlikning asosiy shartlarini ko‘rib chiqdilar.

Jumladan, mahalliy korxonalar mahsulotlarini Lamoda platformasiga joylashtirish va o‘zbek brendlarini marketpleys xaridorlari orasida ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ishlab chiqaruvchilarni marketpleys talablari va standartlariga o‘rgatishga, shuningdek, tovarlarni yetkazib berishni tashkil etishni o‘z ichiga olgan logistika masalalarini hal qilishga alohida eʼtibor qaratdilar.

Hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ishlar davom ettiriladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.