Iqtisod

Wildberries Farg'onada biznes-seminar o'tkazdi

Wildberries Farg'onada biznes-seminar o'tkazdi
Wildberries Farg'onada biznes-seminar o'tkazdi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyatidan 200 dan ortiq tadbirkor, ishlab chiqaruvchi va seller marketpleysda savdoni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga bag‘ishlangan Wildberries o‘quv amaliy seminarida ishtirok etdi.

«Wildberries‘da qanday savdo qilish: boshlash va o‘sish» tadbiri 5–6 oktyabr kunlari Farg‘ona shahrida Rossiya va O‘zbekiston Hududlar kengashining III yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi. Unda mahalliy biznes vakillari, shuningdek, xalqaro savdo platformasiga chiqish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgan tadbirkorlar ishtirok etdi.

Amaliy seminar davomida ishtirokchilarga Wildberries‘ning biznes uchun asosiy imkoniyatlari va savdoni yo‘lga qo‘yishda amalga oshiriladigan qadamlar ketma-ketligi taqdim etildi. Alohida sessiyalar sotuvchini ro‘yxatdan o‘tkazish, shaxsiy kabinet ochish va marketpleysda ishlashni boshlashning amaliy bosqichlariga bag‘ishlandi.

Tadbirkorlar, shuningdek, do‘konni keyinchalik rivojlantirish va ko‘lamini kengaytirishda foydalanish mumkin bo‘lgan vositalar haqida maʼlumot oldi.

«Wildberries uchun O‘zbekiston hududlaridagi tadbirkorlarga elektron tijorat sohasida o‘z biznesini rivojlantirishda yordam berish muhim. Bunday amaliy seminarlar marketpleysda ishlash bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘lish, savdoni yo‘lga qo‘yishning asosiy bosqichlari va keyingi o‘sish uchun zarur vositalarni tushunish imkonini beradi.

Biz Farg‘ona viloyati tadbirkorlari tomonidan katta qiziqish bildirilayotganini ko‘rib turibmiz va bu yo‘lda ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — dedi Wildberries‘ning O‘zbekistondagi direktori Akmal Primqulov.

Amaliy seminarning faxriy mehmoni Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy taraqqiyot vazirligining MDH davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori o‘rinbosari Vsevolod Vovchenko bo‘ldi.

U o‘z nutqida PRO WB biznesni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash markazining faoliyatiga to‘xtalib, uning ko‘magida O‘zbekistonda 5 mingdan ortiq tadbirkor elektron tijorat sohasida amaliy va nazariy bilimlarga ega bo‘lganini taʼkidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday tashabbuslar kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashadi hamda hududlardagi tadbirkorlar uchun imkoniyatlarni kengaytiradi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar Wildberries vakillariga savollar berib, platformada ishlash bo‘yicha tavsiyalar olish imkoniga ega bo‘ldi.

Rossiya-O‘zbekiston forumi Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ishtirokida o‘tkazildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.