7
Iqtisod

Toşkentda çiptasiz yurganlik uçun 146 mingdan ortiq bayonnoma tuzildi

Toşkentda çiptasiz yurganlik uçun 146 mingdan ortiq bayonnoma tuzildi
Toşkentda çiptasiz yurganlik uçun 146 mingdan ortiq bayonnoma tuzildi / Foto: Videodan kadr.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil boşidan buyon Toşkent şahrida jamoat transportida yöl haqini tölamaganlik uçun 146 537 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirildi. Bu haqda Özbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

1–9 noyabr kunlari 7 757 ta bayonnoma tuzilgan bölib, bu kuniga örtaça 862 ta holatni taşkil etadi.

Sönggi tört oyda qayd etilgan qoidabuzarliklar soni oşib borgan. Jumladan, avgust oyida 10 843 ta, sentyabrda 20 286 ta, oktyabrda 25 596 ta, noyabr oyining dastlabki töqqiz kunida esa 7 757 ta bayonnoma rasmiylaştirilgan.

Qoidabuzarliklarni aniqlaş va yöl haqini tölaş intizomini oşiriş maqsadida poytaxtda kuçaytirilgan nazorat-reyd tadbirlari ötkazilmoqda.

«Toşkent şahrida yölovçi taşişni monitoring qiliş va nazorat qiliş» davlat muassasasi nazoratçilari avtobuslarda yöl haqi tölanganini tekşirmoqda. Qoidabuzarlik aniqlangan hollarda belgilangan tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirilmoqda.

Bundan taşqari, yölovçilarga elektron tölov tizimidan foydalaniş qoidalari va yöl haqini öz vaqtida tölaş zarurligi tuşuntirilmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.