Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — MDH davlatlari adliya vazirliklari qonunçilik, huquqiy axborot va aholiga yuridik yordam körsatiş sohalarida hamkorlik töğrisidagi bitimni imzoladi. Bu haqda Özbekiston Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat Yerevan şahrida bölib ötgan MDH Adliya vazirlari kengaşining 20-yiğilişi yakunlari böyiça imzolandi. Tadbirda Özbekiston adliya vaziri Akbar Toşqulov iştirok etdi.
MDH taşkil etilganining 35 yilligiga bağişlangan yubiley yiğilişida Armaniston, Belarus, Rossiya, Tojikiston va Özbekiston adliya vazirlari, Qirğiziston adliya vazirining birinçi örinbosari, MDH Ijroiya qömitasi vakillari, şuningdek, notariat va advokatura sohasidagi tayanç taşkilotlar rahbarlari qatnaşdi.
Iştirokçilar Armanistonning 2026 yilda Kengaşga raisligi yakunlarini, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etiş organlarining Metodik kengaşini taşkil etiş, şuningdek, adliya organlari faoliyatini raqamlaştiriş masalalarini körib çiqdi.
Akbar Toşqulov öz nutqida Özbekistonda adliya sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, elektron huquqiy xizmatlarni rivojlantiriş va sun’iy intellektni joriy etiş tajribasi haqida ma’lumot berdi.
Bundan taşqari, vazir iştirokçilarni MDH davlatlari adliya vazirliklari örtasida yagona elektron axborot almaşinuvi tizimi konsepsiyasi ustida olib borilayotgan işlar bilan taniştirdi. Mazkur işlar Özbekiston Adliya vazirligi taşabbusi bilan işlab çiqilgan tegişli «Yöl xaritasi» doirasida amalga oşirilmoqda.
Yiğiliş yakunlari böyiça Kengaş emblemasi va MDHga a’zo davlatlarda Huquqiy ma’rifat yili deb e’lon qilingan 2027 yilning ramzlari tasdiqlandi. Şuningdek, Kengaşning 2027 yilga möljallangan tadbirlar rejasi qabul qilindi. Unga kelgusi yil may oyida Toşkentda ötkazilişi rejalaştirilgan Taşkent Law Spring xalqaro yuridik forumi ham kiritildi.
Imzolangan bitim qonun ijodkorligi faoliyati, huquqiy axborot almaşinuvi, aholiga yuridik yordam körsatiş, kadrlar tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş sohalaridagi hamkorlikni kengaytirişni nazarda tutadi.