Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda boş rejalar, master-rejalar va hududlarni rivojlantirişga oid boşqa hujjatlar monitoringini ötkaziş tartibi tasdiqlandi. Nizom Adliya vazirligi tomonidan 5 noyabr kuni röyxatdan ötkazildi va 2027 yil 1 yanvardan kuçga kiradi.
Monitoringni Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantiriş milliy qömitasi hamda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi hamkorlikda amalga oşiradi.
Jarayon doirasida quriliş ziçligi, binolarning qavatliligi, yer uçastkalaridan foydalaniş, yöl va transport infratuzilmasining rivojlanişi, şuningdek, muhandislik tarmoqlarining holati tahlil qilinadi. Maktablar, bolalar boğçalari, şifoxonalar va boşqa ijtimoiy obyektlarni joylaştiriş rejalarining şaharsozlik hujjatlariga muvofiqligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Bundan taşqari, mutaxassislar yaşil hududlarning saqlanişi, ekologik talablarga rioya etilişi, şuningdek, yer uçastkalarini ajratiş va ularni elektron auksionlarga çiqariş töğrisidagi qarorlarning şaharsozlik hujjatlariga muvofiqligini baholaydi.
Aglomeratsiyalarda hududlar örtasidagi transport va muhandislik aloqalari, ijtimoiy hamda transport yuklamasining taqsimlanişi, şuningdek, şahar va unga tutaş hududlarni rivojlantiriş işlarining özaro muvofiqligi qöşimça ravişda örganiladi.
Monitoring ötkaziş uçun Milliy qömita va Quriliş vazirligi davlat organlari hamda taşkilotlardan söralgan barça ma’lumotlarni olganidan keyin 20 iş kuni ajratiladi. Zarur hollarda joyiga çiqib örganiş yoki idoralararo tahlil ötkaziş uçun uşbu muddat iştirokçilarni xabardor qilgan holda köpi bilan 10 iş kuniga uzaytirilişi mumkin.
Monitoringga mahalliy hokimliklar, loyiha, ilmiy va ekspert taşkilotlari, transport korxonalari hamda jamoatçilik nazorati vakillari ham jalb qilinişi mumkin. Iş yakunida idoralar jamoatçilik muhokamasini taşkil etiş huquqiga ega.
Şaharsozlik hujjatlarini amalga oşirişda muammolar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etiş böyiça vakolatli organlarga takliflar yuboriladi. Özboşimçalik bilan quriliş amalga oşirilgani alomatlari aniqlansa, tegişli materiallar nazorat organlariga taqdim etiladi.
Bunda monitoring, jumladan, joyiga çiqib örganiş tadbirlari tadbirkorlik faoliyatini tekşiriş hisoblanmaydi.
Uşbu tartibdan biznes faoliyatiga aralaşiş maqsadida foydalaniş taqiqlanadi.