Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026/2027 öquv yilidan boşlab Özbekiston texnikumlari öquvçilari Work and Travel xalqaro dasturida iştirok etiş imkoniyatiga ega böladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 31 oktyabrdagi 604-son qarorida nazarda tutilgan.
Yangi tartib örta va örta maxsus professional ta’lim dasturlari böyiça tahsil olayotgan öquvçilarga tatbiq etiladi. Dastur iştirokçilariga xorijga safar bilan boğliq xarajatlarni, jumladan, transport va boşqa sarf-xarajatlarni qoplaş uçun kreditlar ajratiş ham közda tutilgan.
Work and Travel dasturida iştirok etiş imkoniyati Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, Janubiy Koreya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQŞ, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyaga safar qiliş uçun taqdim etiladi.
Hujjatda, şuningdek, professional ta’limni boşqariş böyiça EMIS RT axborot tizimini kengaytiriş nazarda tutilgan. Unda texnikumlar haqidagi ma’lumotlar, jumladan, ularning nomlari, manzillari va kodlari, şuningdek, kasb va mutaxassisliklar, ta’lim şakllari va bosqiçlari, öquvçilarning maqomi hamda özlaştiriş körsatkiçlari aks ettiriladi.
Bundan taşqari, Migratsiya agentligi har yili 1 martga qadar xorijiy iş beruvçilar bilan kelişuvlar tuziş çoralarini köradi.
Uşbu kelişuvlar texnikum öquvçilarining xorijda işlaş va sayohat qiliş dasturlarida iştirokini taşkil etiş uçun zarur hisoblanadi.