Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda Samarqand va Buxoro şaharlari örtasida sement-beton qoplamali pullik avtomobil yölini quriş rejalaştirilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, yangi trassa şaharlar örtasidagi yöl vaqtini beş soatdan bir yarim soatgaça qisqartiriş imkonini beradi.
Quriliş rejalari haqida prezident Şavkat Mirziyoyev 4 noyabr kuni Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğilişda ma’lum qildi.
Şuningdek, mazkur yönalişda tezyurar poyezdlar uçun yangi temir yöl tarmoğini quriş ham nazarda tutilgan. Prezident mas’ul idoralarga avtomobil va temir yöl loyihalarining master-rejalarini işlab çiqişni yakunlaş hamda salohiyatli hamkorlar bilan muzokaralarni boşlaşni topşirdi.
Yiğilişda viloyat yöl infratuzilmasini rivojlantirişga qaratilgan boşqa loyihalar ham körib çiqildi. Jumladan, joriy yilda Buxoro orqali ötuvçi A-380 avtomobil yölini rekonstruksiya qiliş işlarini yakunlaş rejalaştirilgan.
2027 yilda esa viloyat hududidagi M-37 trassasining 69 kilometrlik qismini modernizatsiya qiliş boşlanadi. Qiymati 200 million dollar bölgan loyiha doirasida Buxoro şahri atrofida uzunligi 4,5 kilometr bölgan aylanma yöl ham quriladi.
Uşbu loyihalarni amalga oşiriş transport qatnovini yaxşilaş va viloyatning transport jihatidan qulayligini oşirişga qaratilgan.