Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentda qişloq xöjaligi sohasidagi hamkorlikka bağişlangan Ispaniya — Özbekiston biznes-forumining birinçi kuni yakunlandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi xabar berdi.
Tadbirda ikki mamlakat vakillari, işbilarmon doiralar hamda soha mutaxassislari iştirok etmoqda. Ispaniya Qirolligidan forumga 20 ga yaqin kompaniya vakillari taşrif buyurdi. Vazirlik ma’lumotlariga köra, mazkur maydon savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantiriş, yangi investitsiya imkoniyatlarini muhokama qiliş va istiqbolli hamkorlik yönalişlarini belgilaşga qaratilgan.
Oçiliş marosimida iştirokçilar Özbekiston va Ispaniya örtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlaş, agrar sektor imkoniyatlaridan samarali foydalaniş hamda ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş masalalarini muhokama qildi.
Şundan söng tomonlar qişloq xöjaligining bugungi holati, sohada mavjud muammolar va ularni hal etiş yöllarini atrofliça körib çiqdi. Taqdimotlarda agrar sektorning dolzarb vazifalari, mavjud muammolarni bartaraf etiş mexanizmlari va kelgusidagi hamkorlik yönalişlari haqida ma’lumot berildi.
Forum doirasida Ispaniya kompaniyalari vakillari bilan ham uçraşuv bölib ötdi. Unda qişloq xöjaligining turli yönalişlarida hamkorlik qiliş, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş va istiqbolli loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Mineral va organik öğitlar işlab çiqariş hamda yetkazib beriş, şuningdek, tuproq unumdorligini oşirişga qaratilgan zamonaviy yeçimlarni joriy etişga alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv iştirokçilari tuproqni dezinfeksiya qiliş vositalarini işlab çiqariş, ilğor texnologiyalar va uşbu sohadagi innovatsion işlanmalarni özlaştiriş böyiça fikr almaşdi. Ispaniya kompaniyalari tajribasidan foydalaniş hamda qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari ham körib çiqildi.