Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — “Özkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va Xitoyning Çina Tiançen Engineering Corporation Ltd. (TCC) kompaniyasi 23 oktyabr kuni özaro anglaşuv memorandumini imzoladi.
Tomonlar hamkorlikning asosiy yönalişlaridan biri sifatida kömirni çuqur qayta işlaş asosida ammiak va karbamid işlab çiqariş loyihasini birgalikda işlab çiqişni belgiladi.
Hujjat “Özkimyosanoat”da bölib ötgan uçraşuv yakunlari böyiça imzolandi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar berdi.
Memorandum kimyo sanoatida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan. Tomonlar istiqbolli investitsiya loyihalarini birgalikda örganiş va işlab çiqarişga zamonaviy texnologik yeçimlarni joriy etişni rejalaştirmoqda.
Hujjat doirasida loyihani amalga oşirişning texnik va iqtisodiy jihatlarini örganiş, şuningdek, kömir xomaşyo bazasini baholaş közda tutilgan.
Tomonlar, şuningdek, maqbul texnologik yeçimlar va işlab çiqariş quvvatlarini belgilaydi hamda loyihani amalga oşirişning mumkin bölgan mexanizmlarini körib çiqadi.
“Özkimyosanoat” ta’kidlaşiça, hamkorlik kimyo sanoatidagi xomaşyo resurslaridan samarali foydalaniş uçun muhim ahamiyatga ega. Bundan taşqari, u xomaşyoni çuqur qayta işlaş orqali qöşilgan qiymati yuqori bölgan mahsulotlar işlab çiqariş imkoniyatlarini örganişga xizmat qiladi.
Çina Tiançen Engineering Corporation — Xitoyning yetakçi muhandislik kompaniyalaridan biri. U kimyo, neft-kimyo va turdoş tarmoqlarda yirik sanoat obyektlarini loyihalaştiriş, quriş va amalga oşirişga ixtisoslaşgan.
Kompaniya 1953 yilda taşkil etilgan, boş qarorgohi Tyanszin şahrida joylaşgan. TCC Çina National Çemical Engineering Group Corporation (CNCEC) tarkibiga kiradi.