Shoshilinch
Iqtisod

Özbekiston va Misr qişloq xöjaligidagi loyihalarni muhokama qildi

Özbekiston va Misr qişloq xöjaligidagi loyihalarni muhokama qildi
Özbekiston va Misr qişloq xöjaligidagi loyihalarni muhokama qildi / Foto: Farğona viloyati hokimligi matbuot xizmati..

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Misr qişloq xöjaligi sohasida ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş, tajriba almaşiş va qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollarini muhokama qildi.

Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Misr Qişloq xöjaligi tadqiqotlari markazi (ARC) tarkibidagi Boğdorçilik tadqiqotlari instituti olimlari delegatsiyasi bilan uçraşdi. Delegatsiyaga Ahmad Gamea rahbarlik qildi.

Muzokaralar davomida tomonlar zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş, ilmiy almaşinuvni kengaytiriş va ikki mamlakat tadqiqot muassasalari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş imkoniyatlarini körib çiqdi.

Ahmad Gamea ARC faoliyatining asosiy yönalişlari, jumladan, qişloq xöjaligi ekinlarining yangi navlarini yaratiş, ilğor dehqonçilik usullarini işlab çiqiş, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta işlaş, şuningdek, yer va suv resurslaridan foydalaniş samaradorligini oşiriş böyiça ma’lumot berdi.

Uçraşuvda ilmiy işlanmalarni amaliyotga tatbiq etiş, ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalar örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş, şuningdek, fermer xöjaliklarida zamonaviy texnologiyalarni joriy qiliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, “Uzagrostar” xoldingi bilan hamkorlik qiliş va qöşma agrar loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi.

Xayrullo Bozorov Farğona viloyatining Misr bilan tarixiy aloqalariga, jumladan, Ahmad al-Farğoniyning ilmiy merosiga töxtalib ötdi.

IX asrda yaşagan olim Nil daryosidagi suv sathini ölçaş uçun möljallangan nilomer inşootini yaratişda iştirok etgan. Uşbu inşoot suv resurslarini kuzatiş va qişloq xöjaligi işlarini rejalaştirişda muhim ahamiyat kasb etgan.

Uçraşuv yakunida tomonlar qişloq xöjaligi sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirişning ustuvor yönalişlarini belgilab oldi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.