7
Iqtisod

Oʻzbekiston va Voltamp Energy yangi loyihalar boʻyicha kelishib oldilar

Oʻzbekiston va Voltamp Energy yangi loyihalar boʻyicha kelishib oldilar
Oʻzbekiston va Voltamp Energy yangi loyihalar boʻyicha kelishib oldilar / Foto: Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashining birinchi yig‘ilishida qatnashish uchun yurtimizga tashrif buyurgan O‘monning “Voltamp Energy” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Sayyid Ayman al-Busaydiyni qabul qildi.

O‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, quyosh elektr stansiyalarini barpo etish va yuqori kuchlanishli transformatorlar ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida kompaniya ishtirokidagi joriy va yangi loyihalarni “yo‘l xaritasi” asosida amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.