Shoshilinch
Sport

Özbekiston Osiyo Para öyinlarida bir kunda 14 ta medal qölga kiritdi

Özbekiston Osiyo Para öyinlarida bir kunda 14 ta medal qölga kiritdi
Özbekiston Osiyo Para öyinlarida bir kunda 14 ta medal qölga kiritdi / Foto: Özbekiston Milliy paralimpiya qömitasi..

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston terma jamoasi 23 oktyabr kuni Ayti-Nagoyada ötkazilayotgan 2026 yilgi Osiyo Para öyinlarida 14 ta medal — beşta oltin, törtta kumuş va beşta bronza medalini qölga kiritdi. Ikki nafar sportçi Osiyo rekordlarini, yana uç nafar sportçi esa Öyinlar rekordlarini yangiladi. Bu haqda Özbekiston Milliy paralimpiya qömitasi xabar berdi.

Eng yuqori natijalarga yengil atletikaçi ayollar erişdi. T12 toifasida ayollar örtasida uzunlikka sakraş böyiça finalda özbekistonlik sportçilar dastlabki ikki örinni egalladi. Husniya Olimjonova 5,46 metr natija bilan çempionlikni qölga kiritib, Öyinlar rekordini örnatdi. Yoqutxon Xolbekova esa 5,44 metr natija bilan kumuş medalga sazovor böldi. Bronza medali Eron vakiliga nasib etdi.

T11 toifasida uzunlikka sakraş bahslarida Acila Mirzayorova oltin medalni qölga kiritdi. Uning 5,04 metrlik natijasi ham Öyinlar rekordi böldi.

Şahrizoda Temirova 4,73 metr natija bilan uçinçi örinni egalladi. Kumuş medal Xitoy sportçisiga nasib etdi. Mirzayorova musobaqadagi iştirokini uçta medal — oltin, kumuş va bronza bilan yakunladi.

F46 toifasida ayollar örtasida yadro uloqtiriş bahslarida 13,16 metr natija bilan ğolib çiqqan Karomat Omonova Osiyo rekordini örnatdi.

Şahinaxon Yigitaliyeva snaryadni 11,72 metrga uloqtirib, bronza medalini qölga kiritdi. Ikkinçi örinni Xitoy sportçisi egalladi.

F32 toifasida erkaklar örtasida klub uloqtiriş musobaqasida Xurşid Qodirov ğolib böldi. Uning 36,11 metrlik natijasi Öyinlarning yangi rekordi sifatida qayd etildi. Sunnat Botirov esa 33,67 metr natija bilan bronza medaliga sazovor böldi.

Suziş böyiça bahslarda yana bir Osiyo rekordi örnatildi. S13 toifasida erkaklar örtasida 200 metrga kompleks suziş musobaqasida Yegor Bolotov 2 daqiqa 12,97 soniya natija bilan ğalaba qozondi. Dmitriy Xorlin 2 daqiqa 19,91 soniya natija bilan marraga ikkinçi bölib yetib keldi. Bronza medali Yaponiya vakiliga nasib etdi.

Ayollar örtasida SM13 toifasida xuddi şu yönalişda Muslima Odilova 2 daqiqa 42,02 soniya natija bilan kumuş medalni qölga kiritdi.

Mubinabonu Xalilova 2 daqiqa 43,64 soniya natija bilan uçinçi örinni egalladi. Musobaqada Yaponiya sportçisi ğolib böldi.

Paravelosport böyiça erkaklar örtasida C4–C5 toifalarida guruhli şosse poygasida Azimbek Abdullayev kumuş medalni qölga kiritdi. U masofani 1 soat 48 daqiqa 55 soniyada bosib ötdi.

Ayollar örtasida parapauerlifting böyiça jamoaviy bahslarda Özbekiston terma jamoasi bronza medaliga sazovor böldi. Ruza Kuziyeva, Ruxşona Öktamova va Qudratoy Toşpölatovadan iborat jamoa uçinçi örin uçun bahsda 303,09 ball töpladi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.