Shoshilinch
Iqtisod

Toşkent bozorlari va savdo majmualari xatlovdan ötkaziladi

Toşkent bozorlari va savdo majmualari xatlovdan ötkaziladi
Toşkent bozorlari va savdo majmualari xatlovdan ötkaziladi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkent şahrida bozorlar va savdo majmualari xatlovdan ötkaziladi. Mutaxassislar ularning moliyaviy holati, mol-mulki va mavjud muammolarini örganadi.

Işlar poytaxtni 2026–2027 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar doirasida amalga oşiriladi. Bu haqda «Rasmiy xabarlar» ma’lum qildi.

Xatlov jarayonida bino va inşootlarning kadastr hujjatlari, mol-mulk röyxatlari hamda mulkdorlar haqidagi ma’lumotlar tekşiriladi.

Şuningdek, hududlar çegaralari, muhofaza zonalari va amaldagi çeklovlar örganiladi. Soliqlar, majburiy tölovlar va boşqa majburiyatlar böyiça qarzdorlik alohida tahlil qilinadi.

Bozorlar va savdo majmualari hududida noqonuniy qurilmalar aniqlanib, ularni bartaraf etiş çoralari köriladi.

Tekşiruv yakunlari böyiça aktivlardan samarali foydalaniş yuzasidan takliflar tayyorlanadi. Jumladan, vakolatli boşqaruv organlarining qarorlariga muvofiq, uşbu aktivlarni oçiq savdolarga çiqariş masalasi ham körib çiqiladi.

Işlarda Kadastr agentligining Toşkent şahar boşqarmasi, tuman hokimliklari, soliq organlari, Munitsipal aktivlarni boşqariş markazi hamda «Taşkent Invest kompaniyasi» aksiyadorlik jamiyati iştirok etadi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.