Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentdagi Botkin qabristonida quriliş işlari olib borilayotganda qabriston hududini sobiq şampan vino zavodidan ajratib turgan devor qulab tuşdi.
Oqibatda bir neçta qabrtoş şikastlandi. Qabrlar oçilmagan. Bu haqda poytaxt hokimligi ma’lum qildi.
Hodisa haqidagi ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo böldi. Foydalanuvçilarning xabarlariga köra, voqea 18 oktyabr kuni sodir bölgan bölişi mumkin, ayrim videolar esa 21 oktyabr kuni tasvirga olingan.
Hokimlik ma’lumotiga köra, qabristonning 15-sektoridagi oxirgi qatorda joylaşgan qabrtoşlar şikastlangan.
Toşkent şahar hokimligi va şahar Obodonlaştiriş boşqarmasi vaziyatni nazoratga oldi. Qoidabuzarliklar bilan olib borilgan quriliş işlari töxtatildi, mas’ul şaxslar aniqlandi.
Hokimlikda ma’lum qilinişiça, hodisaning holatlari va mas’ul şaxslarning harakatlariga huquqiy baho beriladi.
Aybdorlar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
«Biz marhumlarning yaqinlari qayğusi va ğazabini tuşunamiz. Vafot etganlar xotirasiga va ularning yaqinlari his-tuyğulariga hurmat sözsiz ta’minlanişi kerak», — deya ta’kidladi hokimlik.
Buyurtmaçi va pudratçi taşkilotga şikastlangan qabrtoşlarni hafta oxiriga qadar tiklaş majburiyati yuklatildi.