O‘zbekiston

Saida Mirziyoyeva Turkmaniston va Ozarbayjon vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Turkmaniston va Ozarbayjon vakillari bilan uchrashdi
Saida Mirziyoyeva Turkmaniston va Ozarbayjon vakillari bilan uchrashdi / Foto: O'zbekiston Prezidenti Administratsiyasi matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Vasiylikka muhtoj bolalarga yordam ko‘rsatish xayriya fondi vitse-prezidenti Og‘uljaxon Atabayeva va Haydar Aliyev fondi vitse-prezidenti Leyla Aliyeva bilan uchrashdi.

Mirziyoyevaning so‘zlariga ko‘ra, Turkmaniston va Ozarbayjon vakillari bilan uchrashuvlar yaxshi anʼanaga aylangan. U tomonlar hamkorlikda ishlash uchun yangi g‘oyalar va imkoniyatlarni izlashda davom etayotganini taʼkidladi.

Mirziyoyeva O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjonni uzoq yillik do‘stlik, o‘zaro ishonch va umumiy qadriyatlar bog‘lab turishini qayd etdi.

U kelgusi uchrashuvlar odamlarga yordam ko‘rsatish va uch mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirishga xizmat qilishidan umid bildirdi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.