7
O‘zbekiston

O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi

O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi
O‘zbekiston aholisi 39,5 million kishidan oshdi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 39,54 million kishini tashkil etdi. Bu haqda Aholini ro‘yxatga olish natijalarini hisobga olgan holda Milliy statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.

O‘tgan yilning shu sanasiga nisbatan aholi soni 692,2 ming kishiga yoki 1,8 foizga oshgan.

Mamlakatning aholi eng ko‘p istiqomat qiladigan maʼmuriy-hududiy birligi Samarqand viloyati bo‘lib qolmoqda. Bu yerda 4,46 million kishi yashaydi. Ikkinchi o‘rinda 4,29 million aholiga ega Farg‘ona viloyati, uchinchi o‘rinda esa 3,8 million kishi yashaydigan Toshkent viloyati qayd etilgan.

Qashqadaryo viloyati aholisi 3,75 million kishiga, Andijon viloyati aholisi esa 3,57 million kishiga yetdi. Mamlakat poytaxti Toshkent shahrida 3,28 million kishi istiqomat qiladi.

Namangan viloyatida 3,19 million, Surxondaryo viloyatida 3,03 million, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2,17 million, Xorazm viloyatida esa 2,16 million aholi bor.

Buxoro viloyatida 2,13 million kishi, Jizzax viloyatida 1,55 million kishi, Navoiy viloyatida 1,2 million kishi yashaydi. Aholi soni eng kam hudud Sirdaryo viloyati bo‘lib, bu yerda 965,4 ming kishi istiqomat qiladi.

2026 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston hududlari bo‘yicha doimiy aholi soni quyidagicha:

Samarqand viloyati — 4 462 783 kishi.

Farg‘ona viloyati — 4 293 001 kishi.

Toshkent viloyati — 3 799 043 kishi.

Qashqadaryo viloyati — 3 746 228 kishi.

Andijon viloyati — 3 574 464 kishi.

Toshkent shahri — 3 278 512 kishi.

Namangan viloyati — 3 190 767 kishi.

Surxondaryo viloyati — 3 030 030 kishi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 166 044 kishi.

Xorazm viloyati — 2 162 068 kishi.

Buxoro viloyati — 2 125 129 kishi.

Jizzax viloyati — 1 545 176 kishi.

Navoiy viloyati — 1 196 559 kishi.

Sirdaryo viloyati — 965 421 kishi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.