7
Moliya

Google Pay O‘zbekistonda rasman ishga tushirildi

Google Pay O‘zbekistonda rasman ishga tushirildi
Google Pay O‘zbekistonda rasman ishga tushirildi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Google Pay to‘lov servisi 2026 yil 19 oktyabrda O‘zbekistonda rasman ishlay boshladi. Bu haqda Google Cloud kompaniyasining davlat organlari bilan aloqalar bo‘yicha direktori Marchin Krasuski Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH o‘rtasidagi “C5+1” formatidagi tadbirlar doirasida maʼlum qildi.

O‘zbekiston ham servisdan foydalanish mumkin bo‘lgan mamlakatlarning rasmiy ro‘yxatidan joy oldi. Biroq servisning ishga tushirilishi foydalanuvchilar mamlakatdagi barcha banklarning kartalarini Google Pay‘ga ulashlari mumkinligini anglatmaydi.

Servisdan foydalanish uchun har bir bank o‘z kartalarida Google Pay qo‘llab-quvvatlanishini mustaqil ravishda taʼminlashi kerak. Shu sababli dastlabki bosqichda kartani ulash imkoniyati uni chiqargan bankka bog‘liq bo‘ladi. Boshqa moliyaviy tashkilotlar esa servisga keyinroq qo‘shilishi mumkin.

Google Pay Android operatsion tizimida ishlaydigan smartfon orqali jismoniy bank kartasidan foydalanmasdan xaridlar uchun to‘lov qilish imkonini beradi. Buning uchun foydalanuvchi o‘z kartasini Google Wallet ilovasiga qo‘shishi kerak. Agar qurilma NFC texnologiyasini qo‘llab-quvvatlasa, do‘konda smartfonni kontaktsiz to‘lov terminaliga yaqinlashtirish orqali xarid uchun to‘lash mumkin.

Shuningdek, servis Google Pay‘ni qo‘llab-quvvatlaydigan veb-saytlar va ilovalarda ham to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bunda har safar bank kartasi maʼlumotlarini qaytadan kiritish talab etilmaydi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.