Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston va Koreya Respublikasi transportni boşqarişda intellektual svetoforlar hamda sun’iy intellekt asosidagi yeçimlarni joriy etiş masalalarini muhokama qildi.
Mazkur masala 21 oktyabr kuni Koreyaning Kannin şahrida bölib ötayotgan Intellektual transport tizimlari (ITS) böyiça Jahon kongressi doirasida körib çiqildi. Uçraşuvda Özbekiston transport vaziri örinbosari Ilhomjon Abduğafarov va Koreya Respublikasi Yer resurslari, infratuzilma va transport vaziri örinbosari Çon Iy Gyon iştirok etdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi xabar berdi.
Tomonlar zamonaviy avtomobil yöllarini boşqariş, yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş, şuningdek, transport oqimlarini real vaqt rejimida kuzatiş va tahlil qiliş sohalaridagi hamkorlikni muhokama qildi.
Vazirlik ta’kidlaşiça, bunday texnologiyalar transport oqimlarini samarali boşqariş imkoniyatlarini kengaytiradi, tirbandliklarni kamaytirişga yordam beradi va yöllarda xavfsizlikni oşiradi.
Uçraşuvda temir yöl sohasidagi xalqaro hamkorlik masalalari ham körib çiqildi. Koreya tomoni Özbekistonga Temir yöllar hamkorligi taşkiloti (THT) faoliyatida iştirok etişi va uşbu taşkilotga a’zo bölişi uçun körsatgan kömagi uçun minnatdorlik bildirdi.
Bundan taşqari, Koreya Örta koridorni birgalikda rivojlantiriş, uning tranzit salohiyatini oşiriş, transport-logistika infratuzilmasini takomillaştiriş hamda uşbu yönalişda istiqbolli infratuzilma loyihalarini amalga oşirişga tayyorligini bildirdi.