Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistondagi atom elektr stansiyasining ikkita kiçik energobloki uçun poydevor plitasiga beton quyiş işlarini 2026 yil oxiriga qadar yakunlaş rejalaştirilgan. Bu haqda “Rosatom” boş direktori Aleksey Lixaçyov jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.
Gap Jizzax viloyatida integratsiyalaşgan AES loyihasi doirasida qurilayotgan, har birining quvvati 55 MVt bölgan RITM-200 reaktorli energobloklar haqida bormoqda.
“Rosatom” boş direktori Aleksey Lixaçyov Özbekistonning Jizzax viloyatidagi integratsiyalaşgan atom elektr stansiyasi quriliş maydonçasiga taşrif buyurib, kiçik quvvatli birinçi energoblokni barpo etiş işlarining borişi bilan tanişdi.
Lixaçyovning sözlariga köra, Rossiya va Özbekiston prezidentlari tomonidan belgilangan vazifalarni bajariş doirasida dastlabki betonlaş işlari may oyida boşlangan. Şu bilan birga, “Rosatom” ma’lumotiga köra, birinçi energoblok poydevor plitasiga beton quyiş 2026 yil 4 iyunda boşlangan.
Hozirda quriliş maydonçasida reaktor binosi asosini betonlaş işlari davom etmoqda. Uşbu işlarga 25 ta texnika birligi jalb qilingan. Birinçi energoblok reaktor bölimining poydevor plitasini bitkaziş uçun 10 ming kub metr beton quyiş talab etiladi.
2027 yilda kiçik energobloklarning asosiy binolari va inşootlarini, jumladan, reaktor korpusi, boşqaruv binosi va maşina zallarini qurişga kirişiş rejalaştirilgan. “Rosatom” rahbarining ta’kidlaşiça, bu yer işlari va poydevor qurilişidan asosiy obyektlarning devorlari hamda orayopmalarini barpo etiş bosqiçiga ötişni anglatadi.
Özbekistondagi integratsiyalaşgan AES har birining quvvati 1 000 MVt bölgan ikkita yirik energoblok va har birining quvvati 55 MVt bölgan ikkita kiçik energoblokdan iborat böladi. Stansiya loyihaviy quvvatiga yetgaç, yiliga 17,2 milliard kVt·soat elektr energiyasi işlab çiqarişi kutilmoqda.
Loyiha, şuningdek, atom energetikasi sohasi xodimlari uçun şahar qurişni ham nazarda tutadi. Unda 30 mingdan ortiq mutaxassis va ularning oila a’zolari yaşaşi kutilmoqda. AES quriliş maydonçasidan taxminan 25 kilometr masofada sanoat klasterini taşkil etiş rejalaştirilgan.
Loyiha böyiça hamkorlik bir neça bosqiçda kengaytirildi. Tegişli hujjatlar 2024 yil may oyida imzolangan, 2025 yil sentyabr oyida tomonlar yangi kelişuvlarni rasmiylaştirgan. 2026 yil mart oyida esa integratsiyalaşgan atom elektr stansiyasini quriş böyiça qöşimça kelişuv tuzilgan.