Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Qozoğiston va Özbekiston Şimkent şahrida Xavfsizlik kengaşlari apparatlari örtasidagi maslahatlaşuvlarning sakkizinçi raundini ötkazdi.
Muzokaralarga Qozoğiston Xavfsizlik kengaşi raisining örinbosari Aida Balayeva va Özbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Mahmudov raislik qildi.
Maslahatlaşuvlarda ikki mamlakatning tegişli davlat organlari vakillari iştirok etdi. Asosiy e’tibor xavfsizlik sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalariga qaratildi.
Iştirokçilar xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga qarşi kuraşiş, yoşlar orasida radikallaşuvning oldini oliş, uyuşgan jinoyatçilik, giyohvand moddalar savdosi, noqonuniy migratsiya va kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş masalalarini muhokama qildi.
Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektning rivojlanişi bilan boğliq yangi xavf-xatarlar ham alohida muhokama mavzusi böldi.
Tomonlar, şuningdek, suv va ekologik xavfsizlik, transçegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalaniş hamda favqulodda vaziyatlarning oldini oliş masalalarini körib çiqdi.
Şu nuqtai nazardan, Qozoğiston Prezidentining BMT tizimida Xalqaro suv taşkilotini hamda favqulodda iqlimiy va texnogen vaziyatlarni prognoz qiliş böyiça Mintaqaviy markazni taşkil etişga qaratilgan taşabbuslari muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Uçraşuv yakunida Aida Balayeva va Viktor Mahmudov protokolni imzoladi. Bundan taşqari, tomonlar uni izçil amalga oşiriş bilan şuğullanadigan qöşma ekspertlar guruhini tuzişga kelişib oldi.
Ikki mamlakat Xavfsizlik kengaşlari apparatlari örtasidagi maslahatlaşuvlar tasdiqlangan hamkorlik rejasiga muvofiq muntazam ravişda ötkazib kelinmoqda.
Taşrif doirasida delegatsiyalar rahbarlari Şimkent şahridagi A. Asqarov nomidagi dendroparkda daraxt köçatlarini ham ekişdi. Bu orqali Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi döstlik hamda uzoq muddatli şeriklikning ahamiyati ta’kidlandi.