Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–sentyabr oylarida Özbekiston fuqarolariga ipoteka dasturi doirasida 20,9 trln sömlik kreditlar ajratildi.
Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 5,9 trln sömga yoki 39 foizga köp.
Ipoteka kreditlaridan 67 598 nafar fuqaro foydalandi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Ajratilgan kreditlar hajmi 2026 yil uçun belgilangan rejaning 91 foizini taşkil etdi. Yillik rejaga muvofiq, jami 23 trln sömlik ipoteka kreditlari ajratilişi közda tutilgan.
Dastur uçta manba hisobidan moliyalaştiriladi. Jumladan, 12,2 trln söm davlat byudjeti mablağlarini, 7,8 trln söm tijorat banklarining öz mablağlarini, 3 trln söm esa «Özbekiston ipotekani qayta moliyalaştiriş kompaniyasi» AJ mablağlarini taşkil etadi.
Yil boşidan beri ajratilgan kreditlarning 12,8 trln sömi yoki 61 foizi davlat byudjeti hisobidan moliyalaştirilgan. Yana 6,1 trln söm yoki 29 foizi tijorat banklari mablağlari hissasiga töğri kelgan. Qolgan 2 trln söm yoki 10 foizi kompaniya mablağlari hisobidan ajratilgan.
Töqqiz oy davomida birlamçi uy-joy bozoriga 15,5 trln söm yönaltirilgan.
Uşbu bozorda ajratilgan ipoteka kreditlari soni 2025 yil yanvar–sentyabr oylaridagi 37 mingtadan 2026 yilning şu davrida 49,8 mingtaga yetdi. Ikkilamçi bozorda ipoteka kreditlari hajmi 5,2 trln sömni taşkil etib, bir yil avvalgi körsatkiçdan 28 foizga oşdi.
2026 yil 1 oktyabr holatiga köra, ipoteka kreditlari böyiça jami 1 208,1 mlrd söm subsidiya tölab berilgan. Uning 800,3 mlrd sömi yoki 66 foizi kreditlar böyiça foiz tölovlarini qoplaşga yönaltirilgan.
Qolgan 407,8 mlrd söm yoki 34 foizi 13 722 nafar fuqaroga uy-joy sotib oliş uçun boşlanğiç badal sifatida tölab berilgan.