Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekistonda ekstremistik taşkilotlarda iştirok etiş, taqiqlangan materiallar va ramzlarni tayyorlaş hamda tarqatiş uçun qöşimça jinoiy va ma’muriy javobgarlik çoralari joriy etildi.
Şuningdek, ekstremistik taşkilotlar va materiallarning oçiq elektron reyestrini taşkil etiş, ekstremistik xususiyatdagi jinoyatlar uçun sudlangan şaxslarga nisbatan çeklovlar belgilaş közda tutilgan.
Tegişli özgartirişlar 2026 yil 2 noyabrdagi ÖRQ-1185-sonli qonun bilan mustahkamlangan. Lex.uz Qonunçilik ma’lumotlari milliy bazasiga köra, hujjat 3 noyabrdan kuçga kirgan.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan özgartirişlarga muvofiq, ekstremistik, separatistik, fundamentalistik va boşqa taqiqlangan taşkilotlarda iştirok etganlik uçun beş yildan ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilandi.
Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan özgartirişlar esa ekstremizm, separatizm va diniy mutaassiblikni tarğib qiluvçi, şuningdek, ommaviy tartibsizliklar, fuqarolarni zöravonlik bilan köçirişga çaqiruvçi yoki aholini qörqitişga qaratilgan materiallarni tarqatiş maqsadida tayyorlaş yoxud saqlaş uçun sanksiyalarni belgilaydi.
Ekstremistik va terroristik taşkilotlarning atributikasi hamda ramzlarini tarqatiş, şuningdek, ularni namoyiş etiş maqsadida tayyorlaş yoki saqlaş uçun ham ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan.
Fuqarolar uçun jarima miqdori 50 baravardan 100 baravargaça bazaviy hisoblaş miqdorini (BHM), mansabdor şaxslar uçun esa 100 baravardan 150 baravargaça BHMni taşkil etadi. Mansabdor şaxslarga nisbatan 15 sutkagaça ma’muriy qamoq jazosi ham qöllanilişi mumkin. Barça körsatilgan holatlarda huquqbuzarlik predmeti musodara qilinadi.
Bundan taşqari, qonunçilikdagi «diniy ekstremizm» atamasi “ekstremizm” tuşunçasiga almaştirildi.
Ekstremistik taşkilotlar va materiallarning elektron reyestri
Adliya vazirligi ekstremistik taşkilotlar, materiallar va manbalarning oçiq elektron reyestrini yuritadi. Uşbu reyestr vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylaştiriladi.
Reyestrga ekstremistik faoliyatga aloqadorligi sababli faoliyati töxtatilgan taşkilotlar, ekstremistik deb topilgan taşkilotlar, şunday maqom berilgan materiallar, şuningdek, ekstremistik materiallar bir yil davomida ikki va undan ortiq marta muntazam joylaştirilgan hamda tarqatilgan internet-resurslar va boşqa elektron manbalar kiritiladi.
Materiallar yoki manbalarni ekstremistik deb topiş tartibi tegişli iltimosnomalarni körib çiqişni nazarda tutadi.
Vakolatli davlat organlari ekspert xulosasi bilan birga iltimosnomalarni Boş prokuraturaga yuboradi. Hujjatlar tekşirilganidan söng boş prokuror yoki uning örinbosari materiallar yoxud manbalarni ekstremistik deb topiş töğrisidagi ariza bilan Oliy sudga murojaat qilişi mumkin. Yakuniy qarorni sud qabul qiladi.
Sudlangan şaxslar uçun çeklovlar va ijtimoiy moslaşuv
Qonun ekstremistik xususiyatdagi jinoyatlarda aybdor deb topilgan şaxslar uçun çeklovlarni joriy etadi. Sudlanganlik holati tugallanguniga yoki olib taşlanguniga qadar ularga ma’rifiy va jurnalistik faoliyat bilan şuğullaniş, psixologik yordam körsatiş, ommaviy axborot vositalarini ta’sis etiş, şuningdek, ommaviy tadbirlar ötkaziş uçun ruxsatnoma oliş taqiqlanadi.
Psixologik yordam körsatiş faoliyatiga nisbatan ham alohida çeklovlar belgilangan. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati çeklangan deb topilgan şaxslar, şuningdek, qasddan sodir etilgan jinoyat uçun sudlanganligi olib taşlanmagan yoki tugallanmagan fuqarolar bunday faoliyat bilan şuğullana olmaydi.
Şu bilan birga, qonunda ekstremistik xususiyatdagi jinoyatlar uçun sudlangan şaxslarni ijtimoiy moslaştiriş çoralari ham nazarda tutilgan. Ular ijtimoiy, huquqiy, tibbiy va psixologik yordam körsatiş, ta’lim oliş, kasbiy tayyorgarlikdan ötiş va işga joylaşişga kömaklaşişni öz içiga oladi.
Moslaşuv dasturlari jazoni ötaş davrida ham, ozodlikka çiqqandan keyin ham qöllaniladi. Ozodlikdan mahrum qiliş joylarida mahkumlarning ekstremistik qaraşlardan voz keçişiga qaratilgan individual ijtimoiy-psixologik dasturlardan foydalaniş rejalaştirilgan.
Ozodlikka çiqqandan keyin fuqarolarni qöllab-quvvatlaş bilan reabilitatsiya va ijtimoiy moslaşuv markazlari şuğullanadi. Bu işlar individual dasturlar asosida amalga oşiriladi va bir yildan ortiq davom etişi mumkin emas.