Özbekiston

Şavkat Mirziyoyev Rustami Emomalini “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirladi

Şavkat Mirziyoyev Rustami Emomalini “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirladi
Şavkat Mirziyoyev Rustami Emomalini “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirladi / Foto: Özbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni mamlakatimizga rasmiy taşrif bilan kelgan Tojikiston Respublikasi Majlisi oliy Majlisi milliy Raisi Rustami Emomalini qabul qildi.

Uçraşuv avvalida Majlisi milliy Raisi davlatimiz rahbariga Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Muloqot çoğida Özbekiston – Tojikiston döstlik, yaxşi qöşniçilik, strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini, jumladan, ikki mamlakat parlamentlari hamkorligi doirasida yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.

Barça yönalişlardagi hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Özaro savdo va yuk taşiş hajmlari ortib bormoqda. Sanoat, quriliş, energetika, qişloq xöjaligi, elektrotexnika va boşqa sohalarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda. Qöşma Investitsiya kompaniyasi samarali faoliyat yuritmoqda.

Poytaxtlar va hududlar örtasida töğridan-töğri aloqalarni rağbatlantiriş, madaniy-gumanitar, ta’lim va turizm sohalaridagi almaşinuvlarni kengaytiriş muhimligi ta’kidlandi.

Oliy darajada erişilgan kelişuvlar va qöşma taşabbuslarni ilgari surişda qonunçilik organlarining rolini oşiriş, bu borada parlamentlararo komissiyalar, döstlik guruhlari hamda sohaviy qömitalar faoliyatini faollaştirişga alohida e’tibor qaratildi.

Uçraşuv yakunida Özbekiston yetakçisi Rustami Emomalini ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini mustahkamlaşdagi katta xizmatlari, parlamentlararo muloqotni kengaytiriş borasidagi samarali faoliyati uçun davlatimizning yuksak mukofoti – “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirladi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.