Özbekiston

Namanganda ekologik talablarni buzgan sovun işlab çiqariş korxonasi faoliyati töxtatildi

Namanganda ekologik talablarni buzgan sovun işlab çiqariş korxonasi faoliyati töxtatildi
Namanganda ekologik talablarni buzgan sovun işlab çiqariş korxonasi faoliyati töxtatildi / Foto: Özbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Tekşiruv davomida çang va gazni uşlab qoluvçi filtrlar mavjud emasligi, çiqarilayotgan taşlamalar tarkibidagi ayrim kimyoviy körsatkiçlar belgilangan me’yordan oşgani hamda davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi yöqligi aniqlandi.

Namangan şahrida mahalliy aholining yoqimsiz hiddan şikoyatlari ortidan xöjalik sovuni işlab çiqaruvçi xususiy korxona faoliyati vaqtinça töxtatildi. Bu haqda Namangan viloyati Ekologiya va iqlim özgarişi boşqarmasi xabar berdi.

Tekşiruvga Namangan şahri Davlatobod tumanidagi “Porloq” mahallasi aholisining murojaati sabab böldi. Fuqarolar yaqin atrofda joylaşgan sovun işlab çiqariş sexidan yoqimsiz hid tarqalayotganini ma’lum qilgan.

Ekologik politsiya xodimlari viloyat Ekologiya boşqarmasi mutaxassislari bilan birgalikda vakolatli organni oldindan xabardor qilgan holda “H.S.” xususiy korxonasi faoliyatini tekşirdi.

Nazorat tadbirlari davomida ekologik talablar buzilgani aniqlandi. Jumladan, korxona zamonaviy çang va gazni uşlab qoluvçi filtrlar bilan jihozlanmagan. Buning oqibatida ifloslantiruvçi moddalar tösiqsiz atmosferaga çiqarilgan.

Bundan taşqari, laboratoriya tadqiqotlari natijalari çiqarilayotgan taşlamalar tarkibidagi ayrim kimyoviy körsatkiçlar böyiça belgilangan me’yorlardan oşiş holatini körsatdi. Şuningdek, korxonada davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjud emasligi ma’lum böldi.

Aniqlangan qoidabuzarliklar munosabati bilan işlab çiqariş faoliyati vaqtinça töxtatildi. Korxona faoliyatini qayta tiklaşga yöl qöyilgan kamçiliklar töliq bartaraf etilganidan keyin ruxsat beriladi.

Ekologiya idorasi avvalroq Toşkentda ham ekologik talablarni buzgan holda kömir yoqiş va nosoz filtrdan foydalaniş sababli issiqxona xöjaligi faoliyati töxtatilganini eslatdi.

Namangandagi mazkur holat korxonalar tomonidan sanoat çiqindilarini tozalaş va ekologik xavfsizlikni ta’minlaş böyiça talablarga rioya qiliş zarurligini yana bir bor körsatmoqda.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.