O‘zbekiston

Toşkentda ikki yöl uçastkasida harakat çeklanadi

Toşkentda ikki yöl uçastkasida harakat çeklanadi
Toşkentda ikki yöl uçastkasida harakat çeklanadi / Foto: Toşkent Yöl harakatini boşqariş markazi videosidan kadrlar.

Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Toşkentda 25 oktyabrdan boşlab tezkor avtobuslar uçun BRT ajratilgan yölaklarini quriş munosabati bilan ikki yöl uçastkasida harakat vaqtinça çeklanadi. Quriliş işlari Sergeli tumanidagi Yangi Sergeli köçasi va Yunusobod tumanidagi Amir Temur şohköçasida olib boriladi.

Toşkent şahar Yöl harakatini taşkil etiş markazi ma’lumotiga köra, yöllar töliq yopilmaydi. Quriliş işlari qatnov qismining markaziy qismida amalga oşiriladi, qolgan harakat polosalarida esa transport vositalari harakati saqlab qolinadi.

Yangi Sergeli köçasidagi işlar Çoştepa köçasi bilan çorrahadan SOUEAST servis markazi binosigaça bölgan 1 368 metr uzunlikdagi yöl qismini qamrab oladi.

Amir Temur şohköçasida esa quriliş işlari Ahmad Doniş köçasi bilan kesişmadagi yöl ötkazgiçdan Şahriston köçasi bilan çorrahagaça bölgan 1 430 metrlik masofada olib boriladi.

Yöl harakatini taşkil etiş markazi işlar davomida mazkur uçastkalarda harakat vaqtinça qiyinlaşişi mumkinligidan ogohlantirdi. Haydovçilarga safarlarini oldindan rejalaştiriş, vaqtinçalik yöl belgilariga e’tibor qaratiş va zarurat bölganda muqobil yönalişlarni tanlaş tavsiya etildi.

 

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.