Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — 22 oktyabr kuni Ostona şahrida bölib ötgan Qöşma komissiyaning 29-yiğilişida MDH davlatlari vakillari noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşiş çoralarini muhokama qildi.
Özbekiston Içki işlar vazirligi delegatsiyasiga vazirlik huzuridagi Migratsiya va personallaştiriş departamenti boşliğining birinçi örinbosari Uluğbek Mirzakambarov rahbarlik qildi.
Yiğilişda Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya va Tojikiston vakillari, şuningdek, Moliyaviy razvedka bölinmalari rahbarlari kengaşi hamda MDH Ijroiya qömitasi vakillari iştirok etdi.
Iştirokçilar vakolatli organlar faoliyatini muvofiqlaştiriş, noqonuniy migratsiya bilan boğliq jinoyatlarning oldini oliş va ularni aniqlaş, şuningdek, xorijiy fuqarolar hamda fuqaroligi bölmagan şaxslar orasida huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlaş masalalarini körib çiqdi. Xususan, oliy ta’lim muassasalarida öqiş uçun kelayotgan xorijiy talabalar bilan boğliq çora-tadbirlar muhokama qilindi.
Migratsiya oqimlari ustidan nazoratni takomillaştiriş maqsadida tajriba almaşiş va zamonaviy axborot texnologiyalarini qöllaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan taşqari, tomonlar ötgan davrdagi qöşma faoliyat yakunlarini sarhisob qildi va komissiyaning 2027 yilga möljallangan iş rejasini körib çiqdi.
Yiğiliş yakunida iştirokçilar muhokamalar natijalarini mustahkamlovçi bayonnomani imzoladi.